Qushlar ham yig'lar

2019 She'r Halima enam allalari

QUSHLAR HAM YIGʻLAR Terlar oqdi suv bo‘lib bizdan Va gursillab yiqildi terak... Aka, bizning qilmishimizdan Tunda qushlar yig‘lasa kerak. Ona chumchuq aylanib ketmas, Ko‘ngliga qil sig‘masa kerak. Eski indan tashib borib xas, Yangi inda yig‘lasa kerak. Baland bo‘lar uyimiz tog‘dek, Ayvonida ustun ul terak. Biz yasharmiz ko‘nglimiz chog‘dek, Shunda qushlar yig‘lasa kerak...
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.