Menga bering

2020 she'r Alyorim qolur

MENGA BERING Olam yaralgandan beri, Odam yaralgandan beri, Ajdodlarim imdodini Menga bering, menga bering. O‘g‘lim, deb ishongan elim, Kindik qonim tomgan elim, Tuyg‘ularim ozodini Menga bering, menga bering. Ne baxt, besh yuz yildan beri, Boqiydir bir bobom she’ri. Behzod chizgan suratini Menga bering, menga bering. Qarang, Abu Rayhon kelur, Xasta ko‘ngli vayron kelur, Sinoning tibbiyotini Menga bering, menga bering. Temumimas, Chingiznimas, Osmon to‘la yulduznimas, Ulug‘bekning niyatini Menga bering, menga bering. Hinduga musofir o‘sha, Hirotdagi Bobur o‘sha, G‘urbatdagi Furqatini Menga bering, menga bering.
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.