Ahmad zoir qo'shig'i

2020 she'r Alyorim qolur

AHMAD ZOIR QO‘SHIG‘I Ko‘ngil degan bo‘stonim Gullari so‘lib ketdi. Ne do‘sti mehribonim, Dushmanim bo‘lib ketdi. Qaydasiz, onajonim, Yuragim to‘lib ketdi. Kun bormu mendaylarga, So‘ragim kelib ketdi. Bulbul edi zabonim, Tikonlar tilib ketdi. Men boshlagan qo‘shiqni Qarg‘alar ilib ketdi. Qaydasiz, onajonim, Yuragim to‘lib ketdi. Kun bormu mendaylarga, So‘ragim kelib ketdi. Yovlar otgan yoylarga Kuragim to‘lib ketdi. Qaydasiz, onajonim, Yuragim to‘lib ketdi. Kun bormu mendaylarga, So‘ragim kelib ketdi.
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.