Mahalliychilik
1992
She'r
Erka kiyik
Toshni suv kemirar. Suvni qaro yer,
Erni kalamushlar kemirganin ko‘r,
Dashtda jayronlarni qiyratadi sher,
O‘zbekni qiyratar... mahalliychilik!
Maysalarni quyosh qovjiratadi,
Quyoshki bulutlar tentiratadi.
Bulutlarni shamol dovdiratadi,
O‘zbekni quritar mahalliychilik.
Tog‘larni to‘g‘onlar yiqib quritar,
Bog‘larni xazonlar siqib quritar,
Xazonlarni kuzlar yig‘ib quritar,
O‘zbekni quritar mahalliychilik.
Chehrang bir xil axir, bir xil zaboning,
Muhammad Yusuf. Xalq bo‘l, elim
Vataning bir axir, birdir makoning,
Qo‘ygil Qo‘qoningni, qo‘ygil Surxoning,
O‘zbekni quritar mahalliychilik!
Jayhun katta daryo, Sir katta daryo,
Erkin daryo edi, hur, katta daryo,
Ming irmoqqa ko‘chgan bir katta daryo —
O‘zbekni quritar mahalliychilik...
Teng bo‘laylik, tengga tegolmas hech kim,
Ahil bo‘lsak bizni engolmas hech kim,
Aziz boshimizni egolmas hech kim,
O‘zbekni quritar mahalliychilik...
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.
So'z qidirish
Qidiruv sahifasiga o'tish