Ko'z tegmasin
2020
she'r
Alyorim qolur
KO‘Z TEGMASIN
Ikki chashma xumoringiz —
Ko‘zingizga ko‘z tegmasin.
Guldan go‘zal ruxsoringiz —
Yuzingizga ko‘z tegmasin.
Qayda yurmang, yodimdasiz,
Maqsad-u murodimdasiz.
Kutaman, deb menga bergan
So‘zingizga ko‘z tegmasin.
Garchi bugun begonaman,
Ishqingizda devonaman.
Menga nima bo‘lsa, mayli,
O‘zingizga to‘z tegmasin.
Sergak bo‘ling, sohibjamol,
Hurkak bo‘ling ohumisol.
Asta kuling, asta yuring,
Izingizga ko‘z tegmasin.
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.
So'z qidirish
Qidiruv sahifasiga o'tish