Mavluda qiz
2020
she'r
Alyorim qolur
MAVLUDA QIZ
Bo‘ynima tortiq etib arg‘amchi, yor,
Ketdingizmi, alvido, aldamchi yor.
Bizni zor tashlab ketib, orzungizga
Yetdingizmi, alvido, aldamchi yor!
Siz-ku yor bo‘lmadingiz, Mavluda qiz,
Bizga ham bordir biror hovlida qiz.
Yulduzimsiz dedingiz, bir yoniboq —
O‘chdingizmi, alvido, aldamchi yor.
Tengi yo‘q Muhammadingiz bahridan
Kechdingizmi, alvido, aldamchi yor!
Siz-ku yor bo‘lmadingiz, Mavluda qiz,
Bizga ham bordir biror hovlida qiz.
U1 sanamning uyi saroy bo‘lmasa ham,
Paxsa tom, paxsa devor hovlida qiz.
Yo‘l qarab, kunlar sanar biz kabi, bir
Bizga mushtoq, bizga zor, hovlida qiz.
Siz-ku yor bo‘lmadingiz, Mavluda qiz,
Bizga ham bordir biror hovlida qiz.
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.
So'z qidirish
Qidiruv sahifasiga o'tish