Yaxshi
2020
she'r
Alyorim qolur
YAXSHI
Ey do‘stlarim, dunyoda
Ortda qolgan iz yaxshi,
Bulbuli yo‘q bahordan
Qumri to‘la kuz yaxshi.
Minnat to‘la halvodan
Ayvondagi muz yaxshi,
O‘pich ko‘rgan paridan
Sepkil toshgan yuz yaxshi,
Ichmasang ham, qimiz zo‘r,
Quchmasang ham qiz, yaxshi.
Ey do‘stlarim, dunyoda
Ortda qolgan yod yaxshi,
To‘qligingda yo‘qlagan
Qarindoshdan yot yaxshi,
O‘nta nomard do‘stingdan
Bitta cho‘loq ot yaxshi.
Olisdagi oltindan
Quchoqdagi gard yaxshi,
Vafosi yo‘q xotindan
Davosi yo‘q dard yaxshi,
G‘alamis bergan g‘aznadan
Burda arpa non yaxshi,
Qirqta chala mulladan
Bitta musulmon yaxshi.
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.
So'z qidirish
Qidiruv sahifasiga o'tish