Qormi bu
2020
she'r
Alyorim qolur
QORMI BU...
Olamni qopladi oq qizg‘aldoqlar,
Qaldirg‘ochsiz qoldi ko‘shki ravoqlar.
Oydin novdalarda oq harir ro‘mol,
Majnuntollar taqdi tillo baldoqlar.
Qormi bu yo ko‘kdan yog‘ar atirgul?
Bulutmi, bulutdan qoqar atirgul?
Do‘stlarim, aslida qish ham gul fasli,
Zilol anhor to‘lib oqar atirgul.
Qor shaklida yog‘ar osmondan gullar,
O‘tmoqda fasllar, o‘tmoqda yillar.
Orzular makoni — ozod yurtimda
Qordek oppoq bo‘lsin bu kun ko‘ngillar.
Qormi bu yo ko‘kdan yog‘ar atirgul?
Bulutmi, bulutdan qoqar atirgul?
Do‘stlarim, aslida qish ham gul fasli,
Zilol anhor to‘lib oqar atirgul.
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.
So'z qidirish
Qidiruv sahifasiga o'tish