Urush bo'lmasin

2020 she'r Alyorim qolur

URUSH BO‘LMASIN Dunyo-dunyo bo‘lib yaraldi qachon? Hayot ohanglari taraldi qachon? Zulmat yorug‘likni ko‘roldi qachon?... Nima bo‘lsa bo‘lsin, urush bo‘lmasin. Bahor kelganini bilmasam mayli, Qirlarda lolalar termasam mayli. Mayli, xandon kulib yurmasam mayli, Nima bo‘lsa bo‘lsin, urush bo‘lmasin. Balki umrim uzun, balki qisqadir, Mayli, bilmay huzur, halovat nadir. Mayli, mehnat qilsam — topmasam qadr, Nima bo‘lsa bo‘lsin, urush bo‘lmasin. Nahot, g‘anim bilsa odam odamni, Kuydirib kul qilsa yorug‘ olamni? Men kimga ishondim aziz bolamni — Nima bo‘lsa bo‘lsin, urush bo‘lmasin.
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.