Afrosiyob
2020
she'r
Alyorim qolur
AFROSIYOB
Chopdi tinmay otlari
Ko‘hna tarix arobasin.
Ko‘mdi tuproq dodlarin
Afrosiyob xarobasin.
O‘tdi dunyo, ketdi dunyo,
Yopildi to‘rt darvozasi.
Qoldi Xayyom, qoldi Sino,
Mir Alisher ovozasi.
Tojtalabdir, taxttalab,
Chopdi padarkush otasin.
Ko‘kka sachrab qoni, chaqnab
Qoldi Ulug‘bek shodasi.
Ketdi paymoni to‘lib,
Hatto Temurdek bobosi.
Mangu o‘chmas yod bo‘lib
Qoldi Boburbek nomasi.
Ne jahongir o‘chdi shami,
Vayron bo‘lib koshonasi.
Shohlar ichra qoldi nomi
Bir Mashrabi devonasi.
Holidin bo‘lmay zohir,
Kulgandi o‘z zamonasi.
Qoldi Majnun, qoldi Tohir —
Zuhrolarni afsonasi.
Ko‘zga surtgil to abad
Tuprog‘i xokin nolasin.
Qadni tik tutgil,
Muhammad, Sen ham o‘shalar bolasi.
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.
So'z qidirish
Qidiruv sahifasiga o'tish