Muhabbat azoblari
2020
she'r
Alyorim qolur
MUHABBAT AZOBLARI
Baxtiyor bolaligim
Yopildi kitoblari,
Boshladi navosini
Ruh afg‘on ruboblari.
Endi to‘rt yon termulib,
Topmadim sizdan xabar.
Qaydasiz, qaylardasiz,
Ilk sevgi janoblari?
Kecha bir ko‘chadan ot
O‘ynatib o‘tgan edim,
Kecha men bir qizchani
Yig‘latib ketgan edim.
Yig‘ladim endi o‘zim,
O‘rtadi azoblari.
Qaydasiz, qaylardasiz,
Ilk sevgi janoblari?
Yorginam ko‘z yoshlari
Yomg‘irday mayin edi.
Mayli, sizga yoqmasam,
Endi ketayin, dedi.
Ketdi u bilan ko‘kim
Oylari, oftoblari.
Qaydasiz, qaylardasiz,
Ilk sevgi janoblari?
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.
So'z qidirish
Qidiruv sahifasiga o'tish