Navro'zim

2020 she'r Alyorim qolur

NAVRO‘ZIM Fasl boshi, yil boshisan, Navro‘zim, Fasllaming sirdoshisan, Navro‘zim. Boychechaklar boshlarini silagan, Tort faslning quyoshisan, Navro‘zim. Bulbul ketmas bog‘larimga xush kelding, Men yayragan chog‘larimga xush kelding, Navro‘zim. Sening bilan chaman dasht-u dalalar, Sabolaring yuragimni allalar. O‘choq-o‘choq doshqozonlar osilsa, Sumalaging yalab yayrar bolalar. Binafshangni asray ko‘z qarog‘imda, Yalpizlaring xush bo‘yi dimog‘imda, Navro‘zim. Suv bo‘yida o‘sma qo‘yar kelinlar, Surma surib, kiprik bo‘yar kelinlar. Shirin-shirin xayollar og‘ushida Tushlariga ta’bir yo‘yar kelinlar. Navro‘z, o‘zing quloq sol bir ko‘ngliga, Yil so‘ngida beshiklar ber qo‘liga, Navro‘zim. Bulbul ketmas bog‘larimga xush kelding, Men yayragan chog‘larimga xush kelding, Navro‘zim.
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.