Majnunni uyg'otsammikin

2020 she'r Alyorim qolur

MAJNUNNI UYG‘OTSAMMIKIN? Yangi-yangi tong bo‘lib otsammikin? Kun bo‘lib ufq poyiga botsammikin? Bevafo yorimga jonimni berib, Oyga boshimni qo‘yib yotsammikin? Men yonarman beqiyos mehrim bilan, Dil kuyadi dardlashay deb kim bilan. Yomi hech parvosi yo‘q ko‘nglim bilan, Qon yurakni sizga ko‘rsatsammikin? Mulki ishq ko‘zlardami vulqon emas, Ming yashir pinhon emas, pinhon emas. Sevmas u shoh-u gado inson emas, Qo‘lda rubob, yo‘lda tosh qotsammikin? Bilmadi qadrimni dildor, bilmadi, Kulmadi, hech menga omad kulmadi. Meni bu ahli fozil tushunmadi, Oh urib, Majnunni uyg‘otsammikin?.. Yangi-yangi tong bo‘lib otsammikin? Kun bo‘lib ufq bag‘riga botsammikin? Ey, Muhammad, yorga jonimni berib, Oyga boshimni qo‘yib yotsammikin?
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.