Men boyvachchaman

2020 she'r Alyorim qolur

Men na boyvachchaman, Men na sultonman, G‘arib bir onaga g‘arib o‘g‘lonman. Agar sen yer bo‘lsang, men undan xoksor, Agar sen sher bo‘lsang, men ham arslonman. Kundayin yillarim o‘tar tizilib, Bir boshga bir o‘lim turar suzilib, Bo‘ynim egilguncha ketsin uzilib, Oriyat yo‘lida ko‘ksi qalqonman. Boringda soyangga sajda etarlar, Noningni yeb, qo‘ling tishlab ketarlar. Yo‘g‘ingda ko‘z qoqmay, tashlab ketarlar, Do‘st degandan ozor topgan insonman. Qumga to‘lib qolgan gavhari ko‘zim, Gohi tushunmasman o‘zimga o‘zim. Xudo bor-ku deyman — shu aytar so‘zim, Tokay bu dunyoda yuragi qonman. Degaylar yolg‘izga Xudoyimdir yor, Bu dunyoda beklar u dunyoda xor. O‘zimdan ham sodda bolalarim bor, Bo‘ta yetaklagan og‘ir karvonman!..
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.