Aldama
2020
she'r
Alyorim qolur
ALDAMA
Ishongandim do‘stimga
Ishonganday o‘zimga.
Do‘stim meni aldadi,
Xanjar urdi ko‘ksimga.
Bog‘lardagi gul, yaproq,
Endi menga do‘st, o‘rtoq.
Gulxan bo‘lib charsillab,
Bag‘ri-dilim yonar, voh.
Olmani otdim otganga,
Diydasi tosh qotganga.
Dunyo bo‘lsin qorong‘u
O‘z do‘stini sotganga.
Ishongandim yorimga,
Suyukli dildorimga.
Yorim meni aldadi,
Quloq solmay zorimga.
Tog‘lardagi qizg‘aldoq
Endi menga yor, hamroh.
Gulxan bo‘lib lovullab,
Bag‘ri-dilim yonar, voh.
Olmani otdim otganga,
Yuragi tosh qotganga.
Dunyo bo‘lsin qorong‘u,
Sevgisini sotganga.
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.
So'z qidirish
Qidiruv sahifasiga o'tish