Ketar bo'ldm
2020
she'r
Alyorim qolur
KETAR BO‘LDIM
Yor, eshiging ochilmadi men uchun,
Tilingdan bol sochilmadi men uchun,
Uyingdan joy topilmadi men uchun —
Ketar bo‘ldim yuzingni bir ko‘rolmay.
Keldim desam, joying yo‘lak dedilar,
Sevdim desam, tenging bo‘lak dedilar,
Sening sevging kimga kerak dedilar,
Ketar bo‘ldim yuzingni bir ko‘rolmay.
Kuyma, yorim, kuydirmagin, kuyma yor,
Bir yaxshiga bir yomon har joyda bor,
Ikki yaxshi yashnagan joy qayda bor,
Ketar bo‘ldim yuzingni bir ko‘rolmay.
Derlar, jon sog‘ bo‘lsa, jahon topilgay,
Bir parcha yer, parcha osmon topilgay.
Lekin qayda sendek jonon topilgay,
Ketar bo‘ldim yuzingni bir ko‘rolmay.
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.
So'z qidirish
Qidiruv sahifasiga o'tish