Kelinchak

2020 she'r Alyorim qolur

KELINCHAK Kelinchagim, kulib-kulib ketdingizmi, Yuragimni tilib-tilib ketdingizmi. Yolg‘izlikda nelar bo‘lsam bo‘idim-ku men, Siz murodga yetdingizmi, yetdingizmi? Qachon mendan tongan qizdan tonar dilim, Yo‘llar qarab qonar dilim, qonar dilim. Poyingizga intiq bo‘lib yonar dilim, Yot ko‘chadan o‘tdingizmi, o‘tdingizmi? Ko‘nglingizni oldimi shum yangolari, Aldab yo‘lga soldimi yo hiylolari. Ko‘zingizni oldimi yo tillolari — Sevgimizni zarlariga sotdingizmi? Mulkingizga ne parilar havas etmas, Yorim, ayting, sizga yana nima yetmas, Nechun oydek yuzingizdan qayg‘u ketmas, Hajr azobin siz ham endi totdingizmi? Kun botmayin eshigingiz yopiladi, Ko‘k zulfiga po‘lat zanjir osiladi, Yig‘i bilan xumoringiz bosiladi, Izlab-izlab shu zindonni topdingizmi? Hilolim-a, yot go‘shaga botdingizmi?
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.