Kechagina

2020 she'r Alyorim qolur

KECHAGINA Kechagina qishloqdagi qizlarning bari Menga sirli qoshlar qoqib qarashardi. Qarashmasa, uylariga tunda kelib, Toshlar otib qochar edim, yarashardi. Sahargacha atrofida aylanishib, Dilxun uyga qaytar edim, bilishardi. „Kimni kutib turibdi bu yigitcha“ deb, Devor osha mo‘ralashib kulishardi. Bugun esa bo‘y yigitman, bo‘zlaganim — Bolaligim olislarda qolib ketdi. Bir qishloq qiz orasidan tanlaganim — Barmog‘iga tilla uzuk solib ketdi. Qizlar endi devor oshib mo‘ralashib, „Kimni kutib turibsan“ deb so‘rashmaydi. Ketolmayman bir hovliga o‘ralashib, Toshlar otib qochay desam, yarashmaydi.
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.