Menday g'aribni ham ko'rolmaslar bor

2019 she'r Quyoshga qarab oqqan suv

Menday g'aribni ham koʻrolmaslar bor, Nurab borarmanu oʻzim shunday ham.  Tugab borarmanu oʻzim shunday ham, Koʻksimga tosh otmay yurolmaslar bor. Tovushim chiqmas bir kapalakcha ham, Sadosiz kuzatgim kelar dunyoni. Koʻtarolmas hatto temir tokcha ham, Ular qanotimga ortgan riyoni. Doʻstlar, degim kelar, Boʻlmang xavotir, Uzoq yashamayman shunday ham oʻzim, Umrim bir bog' kezib oʻtgay navodir. Soʻnar u bir ochib yumgincha koʻzim. Qoʻyishmas, Qoʻlimdan tortadi biri, Biri oyog'imdan, Biri sochimdan.  Biri qoʻynim biri koʻnglimga kirib. Hayotdan bezdirar oʻttiz yoshimdan. Oʻtmas pichoq bilan meni soʻyishib, Tomosha aylarlar turib sal nari. Xudoning qoʻlidan non yeb toʻyishib,  Shaytonning xizmatin qilishar bari!.. Menday g'aribni ham koʻrolmaslar bor.
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.