Ot haqida oq qo‘shiq

1992 She'r Erka kiyik

Suyganim tulpor edi, Tillo yoli bor edi. Og‘aynilar, ot menga Ham dōstu ham yor edi. Yolin o‘psam, cho‘k tushib, Kaftimdan suv ichardi. Chuh desam, yer changitib, Bulut bo‘lib uchardi. Nazdimda yer keng yaylov, Ko‘k yaylovga o‘xshardi. Uchar otim poyiga Osmon yulduz to‘shardi. Uyimizga bir kuni Qarindoshlar to‘lishdi. Chaqmoqtuyoq toyimdan Ayirmoqchi bo‘lishdi. Otam: ulg‘ayding o‘g‘lim, Uylanmasang or, dedi. Qiz turganda yigitga, Otga nima bor, dedi!.. Suyganim tulpor edi, Tillo yoli bor edi. Og‘aynilar, ot menga Ham dōstu ham yor edi. Ot oldidan boshlandi Chimildiqqa yo‘lakcha. O‘ksinma yor, ne qilay, Muhammad Yusuf. Xalq bo‘l, elim Otga mehrim bo‘lakcha... Oftob botmay og‘rinib Yo‘l poyladi dildorim. Kelin kelgan kechadan Arazladi tulporim. Men ularga yolvorib, Ne deyishni bilmayman. Qiz qo‘lini qo‘yvorib, Ot yolini silayman. Bormi bizdek oshiqlar; Bahorimda kuz yig‘lar. Qizni quchsam ot yig‘lar, Otni quchsam qiz yig‘lar. Bir bor o‘psam xotinni, Uch bor o‘pdim otimni! Qoldim ikki o‘t aro Kimga aytay dodimni... Suyganim tulpor edi, Tillo yoli bor edi. Kelinchakka bu uyda Ayting nima bor edi. Yotib qoldi ot bir kun Otxonada majolsiz. Otim o‘lsa—siz xursand, Ayolsiz-da, ayolsiz!... Chelak tutsam, qiqirlab Suv yo‘q deysiz, quduqda. Muhammad Yusuf. Xalq bo‘l, elim Tulporimga yovqarab, Ajalga siz qulluqda. Tog‘dan giyoh toparman, To‘shiga to‘shim yoparman.. Tuzalguncha tulporim Tabiblarga choparman. Shifo topsa bas, toyim, Bor bisotim socharman. Otim o‘lsa, odamdek Qirq kun aza ocharman... Qarashmaysiz qayrilib, Sinovmi bu, nozmi yo. Xotin jafo, ot vafo, Deganlari rostmi yo!.. Suyganim tulpor edi, Bo‘ynida xoli bor edi. Yorim, sizga bu uyda Ayting nima bor edi. ...Yorim yo‘lim poyladi Yot xonada olti oy. Otim bilan uxladim Otxonada olti oy. Bo‘ynin silab seskandim, Jarohatin topgandek. Mixlar to‘la tuyog‘in O‘pdim, qizni o‘pgandek... Tun. Tush ko‘rdim, to‘lg‘onib Muhammad Yusuf. Xalq bo‘l, elim Ot rozimish o‘limga. Kaftim kuyib suv tutsam, Igna yog‘di qo‘limga. Yuraklarim zirqirab, Bergim keldi jon uzib. Tumshug‘idan tirqirab Turar edi qon sizib! Boshim qo‘yib yig‘ladim, Tuyog‘iga majolsiz. Yor, kirdingiz siz xursand, Ayolsiz-da, ayolsiz... Suyganim tulpor edi, Tillo yoli bor edi. Yorim sizga bu uyda Ayting nima bor edi. ...Otim ko‘mdim dalaga, Yodi qoldi ko‘ksimda. Jovdiragan ko‘zlarin Dodi qoldi ko‘ksimda. Suyganim tulpor edi, Qizday beg‘ubor edi. Og‘aynilar, ot menga Ham dōstu ham yor edi. Yolin o‘psam, cho‘k tushib, Kaftimdan suv ichardi. Chux desam, yer changitib, Bulut bo‘lib uchardi. Muhammad Yusuf. Xalq bo‘l, elim Nazdimda yer keng yaylov, Ko‘k yaylovga o‘xshardi. Uchar otim poyiga Osmon yulduz to‘shardi. Tillo yoli bor edi, Bo‘ynida xoli bor edi. Tilini tushunmasam ham, Tilida boli bor edi... Yordan kechdim shu ot deb, Elga bo‘ldim ermaklar. Qaydan bilsin ot qadrin, Ot minmagan erkaklar!
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.