O'tinch

2020 she'r Alyorim qolur

O‘TINCH Farg‘onamning parivashlari, Ey, jonimning qarindoshlari, Bo‘yningizga marvarid bo‘lsin Marjon-marjon ko‘zim yoshlari!.. Muhabbatdan aytishib o‘lan, Quvalashib o‘sdik siz bilan. Ketdim keyin bulutday ko‘chib, Qaytay endi qaysi yuz bilan. Yodimda sof tuyg‘ularingiz, Jaranglagan kulgularingiz. Hayotimda bo‘lmasangiz ham, Xayolimda yurdilaringiz. Siz men uchun o‘sha-o‘sha sho‘x, O‘sha-o‘sha erka bo‘ldingiz. Qo‘rg‘onimga kelmasangiz ham, Armonimga beka bo‘ldingiz. O‘yin dedik bu yorug‘ olam, O‘yin qildik muhabbatni ham. Qizlar, o‘lan aytib gohida Eslab qo‘ying Muhammadni ham.
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.