Binafsha

2020 she'r Alyorim qolur

Suv bo‘yida binafsha Bahor bilan uchrashdi. Bo‘yiga yetgan qizlarga Gala sovchi ulashdi. Binafshajon, binafsha, Kokillari haydarsan. Menga loyiq qiz topsang, Qulog‘imga aytarsan. Men g‘aribga sovchilik Sendan o‘zga kim qilgay. Gulday nozik qiz qalbin Sen bilmasang, kim bilgay. Toy qilamiz keng chaman, Ariqlaming bo‘yida. O‘zing o‘ynab berasan Muhammadning to‘yida. Ayt, ayt, u qiz qani, Binafshajon, binafsha. Ayt, ayt, aytaqolgin, Binafshajon, binafsha.
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.