Askar mktubi

2020 she'r Alyorim qolur

Bu mehr sut bilan so‘rilgan qonga, Ko‘zlarga to‘tiyo tuprog‘i-gardi. O‘g‘illar suyanchiq ota makonga, Vatanni qo‘riqlar yigitning mardi. Bizdan xavotir olmang, onajon, Yulduzlar yoritsin oqshomingizni. Tinch bo‘lsin momo yer, musaffo osmon, Endi biz asraylik oromingizni. Uyqungiz qochmasin xatlar kelmasa, Behuda to‘kmangiz ko‘z yosh nolangiz. Tug‘ilgan yurtiga qalqon bo‘lmasa, Dunyoga nimaga kelgan bolangiz? Bizdan xavotir olmang, onajon, Yulduzlar yoritsin oqshomingizni. Tinch bo‘lsin momo yer, musaffo osmon, Endi biz asraylik oromingizni. Duolar qilsangiz bizni siz qo‘llab, Bir kun sog‘-salomat qaytib kelarmiz. Siz aytgan hovliga sovchilar yo‘llab, Siz topgan qiz bilan to‘ylar qilarmiz. Bizdan xavotir olmang, onajon, Yulduzlar yoritsin oqshomingizni. Tinch bo‘lsin momo yer, musaffo osmon, Endi biz asraylik oromingizni.
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.