Qayda bor
2020
she'r
Alyorim qolur
Yomg‘ir yog‘ar shitirlab,
Nurmi, ipak tolalar.
Bahor kelsa qiqirlab,
Qirga chiqar lolalar.
Lolalar har joyda bor,
Bizda bori qayda bor?..
Ko‘kni bulut o‘raydi,
Yemi yomg‘ir allalar.
Rayhon hidin taraydi,
Donga intiq dalalar.
Dalalar har joyda bor,
Bizda bori qayda bor?..
Saman yo‘rg‘a yer chizib,
Toshda omoch sirg‘alar.
Oqar oyni oqizib,
Jildir-jildir jilg‘alar.
Jilg‘alar har joyda bor,
Bizda bori qayda bor?..
Qalbga taskin izlasang —
Turg‘un cholni so‘ragin.
,,Tanovar“ni tinglasang,
Sei bo‘ladi yuraging.
Navolar har joyda bor,
Bizda bori qayda bor?..
Ko‘ringanni duolar .
Qilar bizda momolar,
G‘animga ham omonlik
Tilar bizda momolar.
Momolar har joyda bor,
Bizda bori qayda bor?..
Bizning bo‘ston qayda bor,
Shohimardon qayda bor,
So‘lim Surxon qayda bor!
Samarqand non qayda bor-a,
O‘zbekiston qayda bor?!
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.
So'z qidirish
Qidiruv sahifasiga o'tish