Palaxmon
2019
She'r
Quyoshga qarab oqqan suv
Osmon yerga engashib, Bulut sog‘di kun bo‘yi, Yolg‘onchi yor to‘yida Yomg‘ir yog‘di kun bo‘yi. Yomg‘ir emas, bu halqob Kelinchak ko‘z yoshidir. Yig‘lama yor, qiz bola Palaxmonning toshidir. Qayg‘urmagil qo‘y, chorboq Aylanamiz, yur, do‘stim, Peshonang shu ekan, bu - Taqdir, dedi bir do‘stim... Taqdir emas, ayirgan, Yorning qalam qoshidir. Qolaversa, qiz bola Palaxmonning toshidir. Egilmagan yerlarga Egib yigit boshimni, Palaxmon-ey qaylarga Otding yoqut toshimni!
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.
So'z qidirish
Qidiruv sahifasiga o'tish