Qodiriy bobom

- She'r Internet manba

Tushimga kiradi QODIRIY bobom: Bolam, oqibating yo'q ekan, bolam... Bo'lsa agar mening go'rimni top, der, Kelib ochiq qolgan ko'zimni yop, der, Hammamizga qabr bir joydan tegdi โ€” Bari bobolaring yonimda, deydi. Qabrlar qabrga birlashib ketgan, Qo'llar bo'yinlarga chirmashib ketgan, Bamisli shoxdan duv to'kilgan bodom โ€” Yotar bepayon maydon to'la odam... Rutubatli Shimol o'rmonlarida Qayinlar ho'ngrab quyoshni uyg'otar. Qarang, CHO'LPONingiz So'nggi makonida Beqasam choponin yopinib yotar. Yotar alpqomatli bahodirlar qator, AKMALlar, QODIRlar, SHOKIRlar yotar, Yotar FAYZULLOlar, Yotar AHMADlar, Xudo raxmat qilgur, Xudo raxmatlar... Ularning sanog'i yulduzdan ham ko'p, Yurtim, dilbandingdir har giyoh, har cho'p. Fidolaring bo'lgan farzandlaringdir, Nomdor-u nomsizin hoki poyin o'p!..
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.