O'y

- She'r Internet manba

O'y yomon. O'y yomon qiynar odamni. Ilondek yurakni kemirar mal'un. Urushdan chalajon qaytgan otamning Qirq yilki, tilidan tushmas STALIN... OTA, qo'ying, deyman. Otajon, qo'ying. Umringiz o'tmoqda kimga ishonib? Temir kosov bilan ko'zimni o'ying, Faqat bir iltimos, Gapirmang o'shani!.. Yer esa aylansin, Yumushi mo'l Yer. Oqar yuzlaridan, Marjon-marjon ter... O'ylayman zaminda Eng baxtiyor zot โ€“ Yoki akademik, Yoki besavod. Biri o'qiganin tahlilin so'rmas, Biri o'qishga ham urinib ko'rmas... O'y yomon, o'y bu โ€“ jar, Bu jar qorong'u. "Qayt bolam!.." Otamning so'zlarimikin? Bu zulmat qa'rida yongan ne yog'du, Fayzullo bobomning ko'zlarimikin? "Sen nima bilasan, Farzandi nodon, Urushda yurtingni asrab qoldi kim?.." Ishonch qanday unvon, Ishonch qanday shon, Ul buzrukvorimga nima ham derdim. O'lgan o'ldi-ketdi. Endi qaytmaydi. Nega? Nima uchun? Bu ham bir jumboq. Ota xatosini o'g'il aytmaydi, Aytolmas, Unutib ham bo'lmas biroq...
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.