Olisdagi qadrdon

- She'r Internet manba

O'rmonlar lolasisan, Qayinlarning qirmizi  Urishning bolasisan - Otamning o'ris qizi... Biz extimol bir umr  Ko'rishmasmiz olis - nur  Otam bilan ketgan sir - Otamning o'ris qizi. Otasizlik yengilmi? Sen ham yarim ko'ngilmi? Opamiding, singilmi... Otamning o'ris qizi. Jon chiqar chog' muzlab u, Kimlarnidir izlab u, "Qiz-i-m dedi yig'lab u... Otamning o'ris qizi. So'z otilgan o'q ekan, Bag'ir yoqar cho'g' ekan. Surating ham yo'q ekan... Otamning o'ris qizi. Onam sirin sotmaydi Biladi-yu aytmaydi. Otam endi qaytmaydi, Otamning oʻris qizi. Tomiringda bizni qon, Qayda yursang bo'l omon.
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.