Biz baxtli bo‘lamiz

2019 She'r Quyoshga qarab oqqan suv

Mayli-da, kimgadir Yoqsa, Yoqmasa, Ularga qo‘shilib Yig‘lasharmidik. Biz baxtli bo‘lamiz Xudo xohlasa, Xudo xohlamasa Uchrasharmidik… Rayhon hidlaringni Yo‘llarimga sep, Kut meni, Har oqshom, Ko‘kka oy chiqqan. Faqat, Yig‘lamagin, Gunohim ne deb, Aybing – Onang seni Chiroyli tuqqan!.. Menga Bir tabassum Hadya et, ey yor, Nur tomsin Lablaring Sohillaridan. O‘zing ayt, Senday qiz Yana qayda bor, Kipriklari uzun Kokillaridan?.. Iymanib yashama Xayol pinjida, Yoyil, Yayra jonim, O‘rtanma g‘amda. G‘iybatlarga chida, Tuhmatga chida, Sen bittasan, axir, Yorug‘ olamda. Men esa Oshig‘ing sening – Eng g‘arib. Tundan so‘z Qarz olib, Tongga tutguvchi. Sening yoningda ham Seni axtarib, Sening yoningda ham Seni kutguvchi. Ista, Tiz cho‘kaman Hozir oldingda. Sevdim, Sevganimdan Uyalmoq nechun. Barcha farishtalar Sening qalbingda Ijarada turgan Qizlar men uchun!.. Biz baxtli bo‘lamiz Xudo xohlasa, Xudo xohlamasa, Uchrasharmidik?!
Audio yozuvlar

Biz baxtli bo'lamiz