Izhori dil

- She'r Internet manba

Ko‘hna tolbeshikdan Boshlangan olam. Senga iddaolar Qilmay sevaman. Bir kuni singlim, deb, Bir kuni onam- Vatan, Kimligingni Bilmay sevaman!.. To‘zg‘iydi to‘ningdan Tortgan to‘ralar. Kecha tuzingni yeb Sotgan to‘ralar. Endi pushaymonda, Tuynuk mo‘ralar- Men sening Yoningdan Jilmay sevaman. Menga yering suyuk, Osmoning suyuk. Boqsam, teng To‘rttala Tomoning suyuk. Tovonimga kirgan Tikoning suyuk- Kaftdan Zirapchang ham Yulmay sevaman. Cho‘ksang, Tur, singlim deb, Soching silayman. So‘ksang, Opam deyman, Umring tilayman. Sendan ranjimayman, Gina qilmayman- Xoh xo‘mray, Xoh jilmay, Birday sevaman. Vatan- Yuragimning Olampanohi, Bu dunyo Bukri bir Jiydaning shohi!.. Ko‘zim yoshi bilan Sug‘orib gohi Ko‘ksimda o‘stirgan Gulday sevaman. Bu yorug‘ jahonda Yo‘g‘-u borimsan, Tilimning ostida Novvot-zarimsan. Sen mening yagona Payg‘ambarimsan, Men Bilol, Men Habash- Qulday sevaman!..
Audio yozuvlar

Izhori dil

Telegram