Ey g'amdan bukchaygan

- She'r Internet manba

Ey g'amdan bukchaygan uylari yog'och, Yarmi qamoqxona, Yarmi yalang'och Mamlakat, qizlaring yashir, oltinsoch – Levrentiy Pavlovich sayr qilmoqda!.. Bayramga qo'yilgan baliqdek tuzlab, Qotib tur joyingda, vujuding muzlab, Qurbonlar ustiga qurbonlar izlab, Levrentiy Pavlovich sayr qilmoqda. Bir-birlarin suyab, Tik turib uxlab, Vagon to'la bolang ketmoqda yig'lab, Paravozlar qayga eltmoqda yig'lab?.. Levrentiy Pavlovich sayr qilmoqda. Ularni kutadi maydon to'la dor, Bu dorlar ostida barcha millat bor, Jallod – ko'zoynakli, ilondek makkor, Levrentiy Pavlovich sayr qilmoqda. Kutmoqda ishqorlar qo'yilgan jomlar, Bu do'zax jomida har qora shomlar, Erib ketdi ne-ne Akmal Ikromlar... Levrentiy Pavlovich sayr qilmoqda. Yuzin bir ko'rmoqqa topolmay iloj, Kim otaga muhtoj, Kim yorga muhtoj. Kim yolg'iz o'g'li-la diydorga muhtoj, Levrentiy Pavlovich sayr qilmoqda... Ey g'amdan bukchaygan uylari yog'och, Yarmi qamoqxona, Yarmi yalang'och Mamlakat, qizlaring yashir, oltinsoch – Levrentiy Pavlovich sayr qilmoqda!..
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.