O‘quvchimga
2007
she'r
Saylanma
Bolamdayin shirin edi kecha she’rim,
Vidolashdim hali yozib ulgurmayin.
Sizga yetmay nobud bo‘ldi necha she’rim,
Birov yirtdi, blrov yoqdi bildirmayin.
Olchoqlardan asrolmadim bolamni men,
Ko‘zi yumuq ketaverdi bilmay aybin.
Qaydan topay kezib yetti olamni men,
Kimdan so‘ray she’rlarimning uvol, xayfin?
Kim biladi, men ham shoir edim balki,
Tuproq bo‘lib yotar yerda qo‘shiqlarim.
Yulduz bo‘lib turar balki ko‘kda balqib,
Ko‘lga cho‘kib ketmish balki ko‘ngli yarim.
Ne bo‘lsa ham asrolmadim, menda gunoh,
Bolamdayin shirin edi kecha she’rim,
Birov yirtdi, birov yoqdi bildirmay, oh,
Sizni ko‘rmay nobud bo‘ldi necha she’rim!
Azizimsan,
Baxtiyorimsan,
Ishonganim — vafodorimsan.
Yolg‘izimsan... Umrim o‘lchovli
Qarg‘a esa mingga kiradi.
Bilib yurar,
Ko‘rib turadi.
Quzg‘un — ajal topar bexato.
Jondan ortiq ko‘raman lekin
Seni bog‘lab qo‘ygan yo‘q, ota...
Qarg‘a esa mingga kiradi.
Yurak tokay urib turadi?
Yurak tingay to‘lsa paymona.
Mayus chehrang ko‘ksimni yoqib
Sen ham oir kun o‘tarsan, ona
Qarg‘a esa mingga kiradi.
Yillar bizni o‘rib turadi.
Uyda, yo‘lda, shoshib — shoshmasdan
Xayrlashib-xayrlashmasdan
Erib, oqib o‘taveramiz
Qarg‘a esamingga kiradi.
Sochgum gulday dunyoga mehrim.
Toki yurak urib turadi.
Sen abadiy yashaysan, she’rim —
Qarg‘a faqat mingga kiradi.
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.
So'z qidirish
Qidiruv sahifasiga o'tish