O‘rganish
2007
she'r
Saylanma
Yupqagina to‘nim bor edi.
Osilishib qo‘ymadi, yechdim,
Ta’na debon to‘nimdan kechdim.
To‘nim-ku keng, zamon tor edi.
Do‘ppim otamdan yodgor edi —
Sandiqlarga otdim uni men,
Ikki pulga sotdim uni men,
Do‘ppim yangi, zamon tor edi.
Beqalbu benavolar necha
Oyoq tovushidan tosh qotdim.
Sumalagim qaynagan kecha
Itdek qozon qo‘riqlab yotdim...
Bemajolu bemador edi —
Qo‘shnimdan hol so‘rolganim yo‘q.
Mozoriga borolganim yo‘q...
Zamon yomon, zamon tor edi.
Xo‘sh endi-chi dersiz, nima g‘ov?
Do‘ppi boshga o‘rnashmagandek,
To‘nim endi yarashmagandek,
Kiysam kulayotgandek birov!..
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.
So'z qidirish
Qidiruv sahifasiga o'tish