O‘zbek ayollari
2007
she'r
Saylanma
Uxlamaydi tunlari,
Oy nurlari taralgan.
O‘zbekning xotinlari
Farzand uchun yaralgan.
Yildan uzun kunlari,
Kim ko‘nglini so‘rolgan.
O‘zbekning xotinlari
Mehnat uchun yaralgan.
Qirq yil qirg‘in bo‘lsa ham,
O‘z ahdida turolgan.
O‘zbekning xotinlari
Toqat uchun yaralgan.
Yot oldidan sal nari
Qachon kokil o‘rolgan.
O‘zbekning xotinlari,
Iffat uchun yaralgan...
O‘zbekning ayollari,
O‘zbekning xotinlari,
Suvdan halol,
Guldan pok,
Qo‘llari oltinlari,
Qay tomonga bursa yuz,
Yo‘llari oltinlari —
Izzat uchun yaralgan!
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.
So'z qidirish
Qidiruv sahifasiga o'tish