Aytinglar

She'r Internet manba

G'irot mingan Go'rog'li Bobom qani, aytinglar, Qo'ng'irotlik Alpomish Og'am qani, aytinglar... Tustovuqday tovlangan Olam qani, aytinglar. Ko'lda kiyik ovlangan Dalam qani, aytinglar. Kokillari yer o'pgan Sanam qani, aytinglar. Kuyib ketgan jonimga, Malham qani, aytinglar Dardim aytsam tushungan Odam qani, aytinglar?.. Ko'nglim gulday ezilib, Ko'zimga yosh to'lyapti Eh, quyoshga osilib, Botib ketgim kelyapti!
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.