Andijonim

- She'r Internet manba

Shu yurtda tug'uldim, shu yurtda o'sdim, Do'stim bo'lsa agar, bitta u do'stim - Nechun qulluq qilmay Andijonga men!.. Shu aziz tuproqdir, shu qadim qo'rg'on, Dunyoga Boburdek shohlarni bergan, Mohlaroyimlarning sochlarin o'rgan... Nechun qulluq qilmay Andijonga men. Yodimga o't tushsin, etmasam yodlar - Dukchi eshonlari qilgay faryodlar. Uni tavof etgan Mashrabday zotlar, Nechun qulluq qilmay Andijonga men. Saylab yurt ajratmoq fe'limga yiroq, Buxor minorlari ko'nglim etar tog', Menga Samarqand ham azizdir, biroq, Nechun qulluq qilmay Andijonga men. Garchi menga zulmat uningsiz olam, Men bormanmi-yo'qmi unga nima g'am, Mayli, yaxshi kunda eslamasa ham, Nechun qulluq qilmay Andijonga men. Tuprog'in jannatdek qilguvchi g'amza Men o'sha yam-yashil vodiydan maysa,. Ming jonim sadaqa bitta jilmaysa- Nechun qulluq qilmay Andijonga men. Meni oqibatsiz bilma, ey g'anim, Orsiz ortimda to'y qilma, ey g'anim. Aybim - yo'qlaganda borolmaganim, Nechun qulluq qilmay Andijonga men. O'lmasam yorug' yuz, yuzlarga kirib, Emaklab borarman majolim qurib. O'lsam ham xar kun bir go'rimdan turib - NECHUN QULLUQ QILMAY ANDIJONGA MEN!..
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.